

"Kristal Pelas" 22 yoshli futbolchi uchun "Vilyarreal"ga 30 million evro to'ladi. Futbolchining o'zi bilan esa besh yillik shartnoma imzolandi. Yeremi Pino yangi jamoasida 10-raqamda harakat qiladi.
Pino "Vilyarreal" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2019 yildan beri asosiy jamoada harakat qiladi. Futbolchi ispan klubida jami 170 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urgan va yana 23 ta golga assistlik qilgan.



