"Vilyarreal" futbolchisi mavsumning qolgan qismi va Evro-2024ni o'tkazib yuboradi
Omonjon To`xtamirzayev
17 noya 2023, 14:52
"Vilyarreal" va Ispaniya terma jamoasi xavbeki Yeremi Pino chorshanba kuni mashg'ulot vaqtida tizzasidan jarohat oldi.
Tibbiy tekshiruvlardan keyin jarohat jiddiyligi ma'lum bo'ldi. Futbolchi bu mavsum maydonga qayta olmasligi aniq. Shuningdek, Pino katta ehtimol bilan Evro-2024ni ham o'tkazib yuboradi.