Ispaniya terma jamoasi a'zosi APLning o'rtamiyona klubiga o'tdi

Khoja
30 avg 2025, 07:42
Ispaniya terma jamoasi a'zosi Yeremi Pino faoliyatini APLda davom ettiradi.

 "Kristal Pelas" 22 yoshli futbolchi uchun "Vilyarreal"ga 30 million evro to'ladi. Futbolchining o'zi bilan esa besh yillik shartnoma imzolandi. Yeremi Pino yangi jamoasida 10-raqamda harakat qiladi.

Pino "Vilyarreal" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2019 yildan beri asosiy jamoada harakat qiladi. Futbolchi ispan klubida jami 170 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urgan va yana 23 ta golga assistlik qilgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com