Hujumchi Pino "Vilyarreal" bilan shartnomasini uzaytirdi

Alisher
15 noya 2021, 18:47
Hujumchi Yeremi Pino "Vilyarreal" bilan shartnomasini uzaytirdi.

Yangi bitim 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, bu haqda ispan jamoasi sayti xabar bermoqda.

19 yoshli forvard joriy mavsum barcha musobaqalarda 16ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Pino Ispaniya terma jamoasida ham debyut qilishga ulgurdi va "qizil furiya" libosida 2ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/VillarrealCF