Gvardiola: “Qolgan o'yinlarni yutmasak, “Liverpul” chempion bo'ladi”

Eldor Akmurzayev
1 may 2022, 08:25
“Man Siti” ustozi Pep Gvardiola APL 35-turida “Lids” (4:0) ustidan qozonilgan yirik g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Biz duch kelgan qiyinchiliklarga qaramay, barcha futbolchilar zo'r o'ynashdi. Oxirgi 25 daqiqalikda “Lids” xavfli qarshi hujumlar uyushtirdi, ammo biz haqiqatan yaxshi uchrashuv o'tkazdik.

Hozirgi holatga ko'p bor tushganmiz. Bu yerda gap bosimda emas. Bari oddiy: chempion bo'lish uchun barcha o'yinlarda g'alaba qozonish lozim. Bo'lmasa, “Liverpul” chempion bo'ladi.

Bizni hali oldinda ko'p qiyin bahslar kutmoqda. Tiklanib, Chempionlar ligasidan o'rin olgan Madriddagi o'yinga borishimiz kerak”, deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport