Grizmann: "Hozir Messi va Ronaldu bilan bitta stoldaman deb o'ylayman"

Aslanov Jasurbek
17 sen 2018, 15:18
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann o'z darajasini Lionel Messi va Krishtianu Ronalduniki bilan teng deb hisoblaydi.

"Messi hamda Ronaldu bilan bir stolda bo'lish haqidagi gaplarim? Hozir shunday. Ular bilan bir stoldaman. Dunyo futbolida boshqa ajoyib futbolchilar ham paydo bo'lmoqda va o'sishda davom etishim kerakligini bilib turibman" - deydi Grizmann.

Eslatib o'tamiz, Grizmann "Atletiko" safida Yevropa ligasi g'olibiga aylandi va Fransiya terma jamoasi bilan jahon chempionatida g'alabaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS