

JCH, 1/16 final
Kolumbiya – Gana 1:0
Gollar: 14 - Jon Aryas
Kolumbiya: 12. Kamilo Vargas, 2. Daniel Munos, 23. Davinson Sanches, 3. Jon Lukumi, 17. Xoan Moxika, 14. Gustavo Puerta, 16. Xefferson Lerma, 10. Xames Rodriges (6. Richard Rios, 46’), 7. Luis Dias (21. Xaminton Kampas, 90’), 11. Jon Aryas (20. Xuan Kintero, 73’), 9. Jon Kordoba (25. Luis Suares, 8’).
Zaxira: 1. David Ospina, 24. Alvaro Montero, 4. Santyago Arias, 13. Yerri Mina, 18. Viler Ditta, 22. Deyver Machado, 5. Kevin Kastano, 8. Xorxe Karraskal, 15. Xuan Portilya, 19. Kucho Ernandes, 26. Karlos Andres Gomes.
Gana: 1. Lourens Ati-Zigi, 26. Marven Senaya (2. Alidu Seydu, 13’), 23. Derrik Lyukkassen, 14. Gideon Mensa, 18. Jerom Opoku, 5. Tomas Parti, 3. Kaleb Yirenki (25. Prins Adu, 79’), 8. Kvasi Sibo (15. Elisha Ovusu, 62’), 19. Inyaki Uilyams (7. Issaaku Fatavu, 62’), 11. Antuan Semeno, 9. Jordan Ayyu (24. Ernest Nuama, 79’).
Zaxira: 12. Jozef Anang, 16. Benjamin Asare, 4. Jonas Ajeti, 6. Abdul Mumin, 17. Abdul-Raxman Baba, 21. Kojo Oppong, 20. Ogustin Boake, 13. Kristofer Baa, 22. Kamal Sulemana, 10. Brendon Tomas-Asante.
Ogohlantirishlar: 12 - Jon Aryas, 49 - Kaleb Yirenki, 66 - Issaaku Fatavu, 76 - Alidu Seydu, 78 - Richard Rios
90+8. O'yin yakunlandi, Kolumbiya - nimchorak finalda!
90+6. Kamposdan zarba, yana ganalik posbondan seyv!
90+6. Richarddan kuchli zarba, yana Ati-Zigi to'pni qaytardi!
90+5. Puertaning kuchli zarbasi rekoshetga uchrab, darvozagacha bormadi.
90+4. So'nggi daqiqalarni ganaliklar emas, kolumbiyaliklar faol o'tkazmoqda. Afrikaliklar charchab qolishdi.
90. O'yinning asosiy vaqiga 6 daqiqa qo'shib berildi.
84. Kinteroning juda kuchli zarbasi birozgina noaniq bo'ldi…
81. Sanchesning bosh bilan yo'llagan aniq zarbasini Ati-Zigi qaytardi!
80. Diasdan yana bir zarba - bu safar uning tepgan to'pi rekoshetga uchrab, maydondan chiqib ketdi.
77. Kinteroning jarima zarbasidan tepgan to'pi darvozaning ustidan o'tib ketdi.
69. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
69. Partining uzoq masofadan yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.
58. Dias yana bir qulay vaziyatdan zarba berdi, ammo endi Ati-Zigi to'pni qaytardi!
56. Luis Dias bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qilgandi, ammo ushbu vaziyatda offsayd bo'lgan ekan.
55. Gustavoning aylantirib yo'llagan zarbasi birozgina noaniq ketdi.
48. Richard Riosning zarbasi darvozaga aniq bormadi…
🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
🕘 45+7. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45+1. O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Moxika bosh bilan darvozaga yo'lladi, Ati-Zigi super seyv ko'rsatib, jamoasini muqarrar goldan qutqardi!
45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.
42. Luis Suaresning bosh bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.
40. Uilyamsning zarbasi aniq bo'lmadi.
39. Luis Diasning jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasi biroz noaniq bo'ldi.
33. Ganaliklar hujumlar uyushtirishga intilmoqda, ammo hozircha xavfli vaziyat ko'rmadik aytarli.
24. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
20. Luis Diasning zarbasini darvozabon ushlab oldi.
19. Temp dastlabki daqiqalarga qaraganda biroz pasaydi deyish mumkin, lekin ikki jamoa ham hujumga tashna bo'lib turibdi.
15. Mana tezkor gol ham ko'rdik! Endi Gana buyog'iga shiddatni oshirishi aniq!

⚽️ 14. GOL! Aryas hisobni ochdi! Suares uzatgan to'pni Jon darvozaga joylab qo'ydi!
13. O'yin juda agressiv boshlandi. Jarohatlar, kurashlar, sariq kartochka. Gol ham ko'raylik endi.
🔄 12. Yana o'zgarish, endi Ganada. Boya jarohat olgan Senaya o'rniga Alidu Seydu o'yinga qo'shilmoqda.
🏥 10. Ie, buyog'i qiziq-ku. Endi ganalik futbolchi Marven Senaya jarohat oldi!
🏥🔄 8. Diqqat, Kordoba jarohat oldi… uning o'rniga Suares maydonga tushishi tushdi.
6. Kordoba raqibi Opoku bilan kurashda ganalik futbolchining futbolkasini yirtib yubordi.
1. Ilk daqiqalarni afrikaliklar faol boshlashdi! Partining kuchli zarbasi biroz noaniq bo'ldi.
🕛 1. O'yin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni 1/16 final bosqichidan o'rin olgan Kolumbiya – Gana uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



