

"Biz mamlakatimizni dunyoga tanitdik.
Jahon chempionlari bilan asosiy vaqtda ikki marta durang o'ynadik, bahsni qo'shimcha bo'limlargacha olib bordik... Oramizda eng ko'p faxrlanadigan jihatimiz - bu bizning futbolchilarimizdir. Biz o'yin uslubimizni ko'rsata oldik", - dedi Bubishta.
Jamoa turnirning asosiy vaqtida biror marta ham mag'lubiyatga uchramadi va guruh bosqichida uch bor durang qayd etdi - Ispaniya (0:0), Urugvay (2:2) va Saudiya Arabistoni (0:0).



