"Dinamo" - "Buxoro" uchrashuviga borishni istovchi muxlislar diqqatiga!

Narzulla Saydullayev
12 apr 2017, 10:55
Oliy liga musobaqalari turdan-turga o'tgan sayin tobora qiziqarli tus ola boshladi.

Bu yilgi mavsumda ko'plab kutilmagan natijalar muxlislarni yana sekin-astalik bilan stadionga qaytishlariga sabab bo'lmoqda.

Har qanday vaziyatda o'z jamoasini yolg'izlatib qo'ymaydigan buxorolik muxlislar esa o'z ananalariga sodiq qolgan holda, "Buxoro"ning "Dinamoo"ga qarshi kechadigan Samarqanddagi uchrashuvga borish uchun allaqachon tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborishgan.

"Dinamo"-"Buxoro" uchrashuvi 15 aprel kuni bo'lib o'tadi. Buxorodan bir guruh muxlislar aynan o'yin kuni yo'lga chiqishlari rejalashtirilgan. Ushbu uchrashuvda jamoamizni stadiondan turib qo'llab-quvvatlash niyatida bo'lganlar, bugundan boshlanadigan ro'yxatga olish jarayoniga tashrif buyurishlari so'raladi.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun  +99890 299-65-56  raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com