"Lochin" ustozi Eldor Moyliev: "Tezkor goldan keyin ochiq futbol ko'rsatishga majbur bo'ldik"

Aslanov Jasurbek
20 may 2026, 21:59
"Dinamo" hamda "Lochin" o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi 3-tur bahsidan (4:2) so'ng mehmonlar ustozi Eldor Moyliev ishtirok etdi.

Eldor Moyliev: “Muxislarbop o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limda yosh bolalarcha xatolar qilib, gollar o'tkazib yubordik. Biroq ikkinchi bo'limda o'zgara oldik. Ko'p ikmoniyatlarimizdan foydalana olmadik, “Dinamo”da ham shunday bo'ldi. Afsuski, ikkala jamoa guruhda qolib ketdi.

- Guruhdagi eng qiyin bahs qaysi jamoaga qarshi bo'ldi?

- “Dinamo”ga qarshi bahs qiyin o'tdi deya olaman.

- Musobaqa va ushbu bahsdag maqsad nima edi?

- Keyingi bosqichga o'tishni xohlagandik. Bugungi uchrashuvda reja bo'yicha himoyaviy o'yin ko'rsatishimiz kerak edi. Tezkor goldan keyin ochiq futbol ko'rsatishga majbur bo'ldik. Himoyadagi o'yinimiz uchun ikki baho qo'yaman. Ammo to'p bizda bo'lganida yaxshi harakat qildik.

- “G'azalkent” va “Lokomotiv” keyingi bosqichga chiqdi. Natija adolatlimi?

- Shunday bo'ldi deb o'ylayman. Ikkala jamoa ham o'z mehnati bilan keyingi bosqichga yo'llanma oldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia