Umarali Rahmonaliev Rossiyaga qaytishni istamayapti – futbolchining transfer rejasi ma'lum bo'ldi

20 noya 2026, 11:11
O'zbekiston milliy terma jamoasi va Ozarbayjonning "Sabah" klubi yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev faoliyatini Rossiya Premer-ligasida davom ettirish niyatida emas.

Fanat.az nashrining xabar berishicha, 23 yoshli futbolchining agentlari uning xizmatlarini Qozonning "Rubin" va "Krasnodar" klublariga taklif qilgan. Biroq Rahmonalievning o'zi Rossiya chempionatiga qaytishdan manfaatdor emas.

Manbaga ko'ra, o'zbekistonlik futbolchi kelajakda faoliyatini Yevropaning boshqa mamlakatlaridan birida davom ettirishni maqsad qilgan. U faqat shu yo'nalishdagi takliflarni ko'rib chiqish niyatida.

Hozircha "Rubin" yoki "Krasnodar" tomonidan rasmiy taklif yuborilgani yoxud muzokaralar boshlangani haqida ma'lumot yo'q.

Eslatib o'tamiz, Umarali Rahmonaliev 2023–2025 yillarda "Rubin" sharafini himoya qilgan. U 2025 yil yanvarda ijara asosida "Sabah"ga o'tgan, 2026 yil boshida esa Ozarbayjon klubi uning transfer huquqini to'liq sotib olgan.

Rahmonaliev "Sabah" bilan 2025/26 yilgi mavsumda Ozarbayjon chempionligi va mamlakat kubogini qo'lga kiritdi. Shuningdek, jamoa tarixda ilk bor UEFA Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo'llanma oldi.

O'zbekistonlik futbolchining "Sabah" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar

Manba: Fanat.az