"Chelsi" "Borussiya"ga Xoland uchun 70 million evro va Abraxamni taklif qildi

Alisher
16 iyun 2021, 14:50
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning ma'lumotiga ko'ra, londonliklar nemis klubiga norvegiyalik futbolchining transferi bo'yicha ilk taklifni berdi.

Ular bitimga forvard Temmi Abraxamni qo'shishga va 70 million evro to'lashga tayyorlar.

20 yoshli Xoland o'tgan mavsum 41ta o'yinda maydonga tushib, 41ta gol va 12ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Ekremkonur