

"Kanonirlar" rahbariyati 24 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasida o'z saflariga qo'shib olishga urinib ko'rishadi. Dortmund klubi bosslari Brandt bilan 23 million evro evaziga xayrlashishga tayyorlar.
Yulian "Borussiya"da 2019 yilning yozidan beri o'ynaydi. Uning "arilar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.



