

Bu haqda "OK Diario" xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Rikelme 7 iyunga belgilangan saylovda yutib chiqsa, 44 yoshli ispaniyalik mutaxassisni bosh murabbiy lavozimiga tayinlashga urinadi. Avvalroq u bir murabbiy bilan kelishuvga erishib bo'lganini aytgandi.

Arteta 2019 yildan beri "Arsenal"ni boshqarib kelmoqda. Londonliklar 2025/26 yilgi mavsum uning boshchiligida 2004 yildan beri birinchi marta APLda g'olib chiqdi va 2006 yildan buyon ilk bor Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi.
Avvalroq "Real" Joze Mourinyuni bosh murabbiy etib tayinlayotgani ma'lum qilingandi. Agar Florentino Peres prezidentlik lavozimini saqlab qolsa, bu saylovdan keyin rasmiy e'lon qilinadi.



