Blan: "Qur'ada PSJni qanchalik omadi kelganini ikki o'yin natijasidan so'ng bilib olamiz"

Aslanov Jasurbek
17 dek 2014, 15:15
PSJ bosh murabbiyi Loran Blan Chempionlar ligasining 1/8 finali qur'asidan so'ng, parijliklarning keyingi bosqichdagi raqibi "Chelsi" haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Guruhda ikkinchi o'rinni oldik va kuchsizroq jamoa bilan uchrashish imkoniyatini qo'ldan boy berdik. Qanchalik omadimiz kelganini ikki o'yin natijasidan so'ng bilib olamiz. "Chelsi" kuchli klubligiga shubha yo'q. O'tgan mavsumda "ko'klar"ga gol ura olmagandik va o'shandan beri londonliklar ancha kuchayishgan" - deydi Blan.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com