Bilasizmi? O'zbekistonning eng yuqori natijasi 45-o'rin bo'lgan

Narzulla Saydullayev
15 sen 2016, 14:21
Bugun FIFA sentyabr oyi uchun reytingni e'lon qildi.

Unga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi 602 ochko bilan dunyoda 49-pog'onani egallab turibdi. Terma jamoamiz 10 yillik tanaffusdan so'ng FIFA reytingida kuchli 50ta jamoa orasiga kirdi.

2006 yilda O'zbekiston 45-o'rindan joy olib o'zi uchun eng yuqori natijani qayd etgan edi. 2004 yilda termamiz 47-pog'onada bo'lgan. Eng past o'rin esa 1996 yilda qayd etilgan - 119.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida Xitoy va Eronni mag'lub etsa FIFA reytingida kuchli 40talikka kiradi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia