Benzema "Real" safida tarixiy rekord o'rnatdi - Di Stefano va Raul ortda qoldirildi

Omonjon To`xtamirzayev
3 apr 2023, 11:22
"Real" hujumchisi Karim Benzema La Liga doirasida "Valyadolid" bilan o'yinda (6:0) xet-trik qayd etdi.

Fransiyalik futbolchi "qaymoqranglilar" safida 11 mavsum davomida kamida 20 va undan ko'p gol urgan birinchi o'yinchiga aylandi.

Avvalroq, Benzema bu borada klub afsonalari Alfredo Di Stefano va Raul bilan bir pog'onada turardi – ular Madridda 10 mavsumdan kamida 20 tadan gol urishga muvaffaq bo'lishgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: therealchamps.com