

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
38 yoshli forvard yangi klubiga erkin agent sifatida qo'shilib, 1,5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Ma'lum bo'lishicha, tarjribali futbolchi 90-raqam ostida to'p tepadi.
Benzemaning avvalgi klubi "Al Ittihod" bo'lib, u jamoa bilan o'tgan mavsum Saudiya Arabistoni chempionligini qo'lga kiritgandi.
Benzema faoliyatining katta qismini "Real" safida o'tkazgan. Madrid klubi bilan u 25 ta sovrinni qo'lga kiritgan, jumladan Ispaniya chempionligini 4 marta, Chempionlar Ligasini va Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatini 5 martadan yutgan.
Karim Benzema - "Oltin to'p-2022" sohibi. U Fransiya terma jamoasi libosida 2007-2015 va 2021-2022 yillarda o'ynagan. Milliy jamoa bilan UEFA Millatlar Ligasi-2020/2021 g'olibligini va JCH-2022 kumush medalini qo'lga kiritgan.



