Olise "Bavariya"dan ketish niyatini ma'lum qildi

18 iyul 2026, 17:10
"Bavariya" va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Maykl Olise terma jamoadagi sheriklariga klubini o'zgartirish istagini bildirdi.

Futbolchi Madridning "Real" klubiga o'tmoqchi.

"Bavariya" o'z yetakchilaridan birini qo'yib yubormoqchi emas, futbolchi bilan amaldagi shartnoma 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. Klub yarim himoyachining shartnomasini qayta ko'rib chiqishni, uning maoshini yiliga 25 million evrogacha oshirishni va uni jamoadagi eng ko'p maosh oluvchilardan biriga aylantirishni rejalashtirmoqda.

Maykl Olise 2024 yilda "Kristal Pelas"dan "Bavariya"ga o'tgan. Yarim himoyachi o'tgan mavsum klub safida 52 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol urdi va 27 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: bild.de