"Bavariya"ning asosiy o'yinchilaridan biri "Barselona"ga o'tishni xohlamoqda

Alisher
30 iyul 2020, 18:00
David Alaba va "Bavariya" o'rtasidagi muzokaralar to'xtab qoldi, o'yinchi "Barselona"ga o'tishni xohlamoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, avstriyalik futbolchi yiliga 20 million evro miqdorida maosh olishni xohlamoqda.

Alabaning fikricha, kataloniyaliklar uning ishtahasini qondira olishadi va o'yinchining o'zi ham anchadan buyon La Ligada to'p tepishni xohlamoqda.

Ammo, "Barselona" David bilan kelasi yozda, aniqrog'i uning "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etganda shartnoma imzolashni xohlamoqda.

Futbolchi joriy mavsum 38ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es.