"Bavariya" ikkinchi marta klublar o'rtasidagi JCHni yutdi. Faqat "Real" va "Barsa"da bundan yaxshi natija

Aziz Tukhtamuradov
12 fev 2021, 07:37
"Bavariya" klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida "Tigres"ni mag'lubiyatga uchratdi.

Bu myunxenliklar uchun klublar o'rtasidagi JCHda ikkinchi g'alaba bo'ldi. Jamoa bungacha 2013 yilda ushbu turnir finalida g'alaba qozongandi. 

Faqatgina ikkita klub ushbu musobaqada myunxenliklardan ko'proq g'alaba qozongan - "Real" (4 marta) va "Barselona" (3 marta). "Korintians" ham "Bavariya" kabi ikki marta klublar o'rtasidagi mundial g'olibiga aylangan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sports.ru