

Bu haqda “BBC Sport” ma'lum qildi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, nomzodlardan biri "Bavariya" bosh murabbiyi yordamchisi Aaron Denks hisoblanadi. Avvalroq 43 yoshli mutaxassis Kerrik bilan "Midlsbro"da birga ishlagan. Uni "Manchester Yunayted"ga taklif etish imkoniyati o'tgan yozda ham ko'rib chiqilgandi.
Shu bilan birga, klub bosh direktori Omar Berrada va sport direktori Jeyson Uilkoks rahbariyatga Kerrikni iste'foga chiqarishni tavsiya qilishi kutilmoqda. Yakuniy qaror 12 noyabr kuni qabul qilinishi mumkin.
"Manchester Yunayted" joriy mavsum APLning o'nta o'yinida bir marta g'alaba qozondi. "Qizil iblislar" 8 ochko bilan turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi turda 22 noyabr kuni safarda "Liverpul"ga qarshi maydonga tushadi.



