“Barselona” sobiq direktori: “Mbappe sotib olinishi mumkin edi, ammo rahbariyat Dembeleni tanladi”

Eldor Akmurzayev
15 noya 2020, 20:25
Xaver Bordas 2017 yil “Barselona” Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lganini esga oldi.

“Dembelening transferi bilan ishlayotganimizda, agent Xosep Mariya Mingella qo'ng'iroq qilib, Mbappe bilan kelishuv mavjudligini aytdi. Bartomeu bilan gaplashdim va u menga futbolchini o'rganishim kerakligini buyurdi.

Mbappening otasi bilan suhbatlashdim, u menga o'g'li “Real”ga o'tmasligini aytdi, chunki o'sha vaqt jamoada Krishtianu, Benzema va Beyl bor edi. U Mbappe “Barsa”ga o'tishga tayyorligini bildirdi, boisi, Neymar PSJga ketgandi.

“Monako” rahbari esa PSJ kuchayib ketmasligi uchun Kilianni “Barsa”ga o'tishini xohladi. Uni 100 mln evroga sotib olsa bo'lardi. Biroq, rahbariyat Dembeleni tanladi. Ular buni Mbappe o'zi uchun, Dembele esa jamoa uchun o'ynaydi deb izohlashdi. Neymar ketganidan keyin klub hujumchi o'rniga vingerni sotib olishga qaror qildi”, deydi Bordas.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo