"Barselona" 4 yanvargacha Rafinya o'rniga yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkaza olmaydi

Aslanov Jasurbek
19 sen 2015, 14:47
"Barselona" rahabariyati 4 yanvargacha yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkaza olmasligini ma'lum qildi.

Oldinroq klub sobiq xodimi Toni Freyshi "Barselona" jarohatlangan Rafinya o'rniga boshqa futbolchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkinligini aytgan edi. Ammo Kataloniya klubi rahbariyati buning iloji yo'qligini ma'lum qildi.

Uch oy oldin "Barselona" FIFAga yangi futbolchi xarid qilish bo'yicha xat yuborgan edi. Javobda esa bu faqat 4 yanvarda mumkinligi yozilgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com