"Aytishlaricha, "Real"ga yo'l olarkan, lekin himoyadagi bunday o'yini bilan u "Tranmer Rovers"ga o'tadi"

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2025, 18:13
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi va sardori Roy Kin "Liverpul" himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldning MYU bilan o'yindagi (2:2) harakatlarini tanqid ostiga oldi.

"Biz Trentning hujumlarga qanchalik zo'r qo'shilishi haqida gapiramiz, lekin uning himoyadagi bugungi o'yini... Ey Xudoyim, u maktab o'quvchisidek o'ynadi. Aytishlaricha, "Real"ga yo'l olarkan, lekin himoyadagi bunday o'yini bilan u "Tranmer Rovers"ga (Angliyaning 4-divizioni klubi) o'tadi. U yaxshiroq harakat qilishi kerak", – dedi Kin.

"Liverpul" Trentni saqlab qolishdan umidvor

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSPORT