Atletiko prezidenti: Kurtuani Chelsiga qarshi o'ynatish uchun buncha pul to'lay olmaymiz

Aziz Tukhtamuradov
10 apr 2014, 09:40
Atletiko prezidenti Enrike Sereso Kurtuaning "Chelsi"ga qarshi o'yindagi ishtiroki borasida aytib o'tdi.

Klub prezidenti "Atletiko" agar "Chelsi"ga qarshi to'qnash kelib qoladigan bo'lsa Kurtua maydonga tushishi xaqidagi xabarni inkor etdi.

21 yoshli belgiyalik darvozabon huquqiy jihatdan "Chelsi"ga tegishli. Ta'kidlab o'tish lozimki, Kurtuaning "Chelsi"ga qarshi xar bir o'yini uchun "Atletiko" 3 million evro to'lashi lozim. Shartnomada shunday band bor.

"Agar biz yarim finalda "Chelsi"ga qarshi tushsak Kurtua o'ynamaydi. Biz buncha pul to'lay olmaymiz", - deydi Sereso.

Eslatib o'tamiz, qur'a tashlash marosimi ertaga bo'lib o'tadi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru