"Arsenal"ning sobiq darvozaboni jamoaga yetishmayotgan asosiy jihatni aytdi

Mirjalol Normatov
8 sen 2021, 23:31
"Arsenal"ning sobiq darvozaboni Aleksandr Manninger jamoaning hozirgi holati borasida gapirdi.

"Martin Kioun, Toni Adams, Nayjel Uinterbern, Dennis Bergkamp, shuningdek, barcha fransiyalik futbolchilarni bilaman, ular doimo jamoaga katta foyda olib kelishgan.

Hozir "Arsenal"dagi har bir futbolchiga xarakter yetishmayapti. Agarda ular bu borada o'ylab ko'rishsa, jamoa yana g'alabalar yo'liga tushib oladi.

Ayni damda futbolchilarba buni ko'rmayapman. Biroq xalqaro tanaffus tufayli jamoaning "Norvich" ustidan g'alabaga erishishini taxmin qilyapman. Futbolchilar endi nimalarnidir isbotlash uchun intilishlari kerak", - dedi Manninger.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal