"Arsenal" yarim himoyachisiga yangi shartnoma taklif qiladi

Alisher
13 fev 2020, 14:33
Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati 20 yoshli fransiyalik yarim himoyachi Matteo Genduziga yangi shartnoma taklif qiladi.

Fransiyalik futbolchining "to'pchilar" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan, ammo klub bitimni yanada uzaytirishni xohlamoqda.

Eslatib o'tamiz, Genduzi 2018 yildan beri London jamoasida o'ynamoqda. Bunga qadar esa Fransiyaning "Loryan" jamoasida harakat qilgan.

Matteo joriy mavsum APLda 21ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football London