Adriano Galliani: Anchelotti bizga Atletikoni qanday yutish mumkinligini gapirib beradi

Aziz Tukhtamuradov
10 mar 2014, 21:25
Milan jamoasi vice-prezidenti Adriano Galliani Atletikoga qarshi javob o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Bu albatta oson bo'lmagan vazifa. Lekin bundan bir necha yil avvay biz Bavariya bilan 2:2 o'ynab, safarda g'alaba qozonishni uddasidan chiqqan edik.

Umid qilamanki, Atletikodan xam o'ta olamiz.

Bugun do'stim Florentino Peresni ko'rdim. Kechki ovqatni esa Karlo Anchelotti bilan birga qilamiz. U bizga Atletikoni qanday qilib yutishni o'rgatadi.

Bu mavsumda Atletikoni o'yinini ko'p marotaba tomosha qildim. U Visente Kalderonda judayam havfli jamoaga aylanadi. Umid qilamanki, ertaga Milan uchun omadli kun bo'ladi,-deb aytib o'tdi Galliani.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru