“Arsenal” futbolchilar va murabbiylarning maoshini 12,5 foizga qisqartirdi

20 apr 2020, 23:11
Londonning “Arsenal” klubi rahbariyati kornavirus pandemiyasi sababli futbolchilar va murabbiylar shtabi maoshini qisqartirish borasida kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda “kanonirlar” sayti.

Aprel oyidan boshlab “to'pchilar” futbolchilari va murabbiylari maoshi 12,5 foizga qisqartiriladi. Agar jamoa mavsum davomida ma'lum natijalarga va moliyaviy maqsadlarga erishsa, London klubi futbolchi va murabbiylariga ilgarigi kelishuvdagi barcha mablag'ni to'lab beradi.

“Biz futbolchilar va klub personaliga o'z minnatdorchilik bildiramiz va ular bilan faxrlanamiz. Ular hozirgi qiyin sharoitda bizni to'g'ri tushunishdi va klubni qo'llab-quvvatlashlarini bildirishdi”, deya xabar bermoqda “Arsenal” matbuot xizmati.

Koronavirus pademiyasi tufayli Angliya premer ligasi bahslari to'xtatilgandi. Chempionat to'xtatilishidan ilgari “Arsenal”   40 ochko bilan turnir jadvalining 9-pog'onasida borayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Арсенал" клуби расмий сайти