23 may kuni O'FAda “Real Madrid” akademiyasi menejerlari ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
21 may 2018, 11:18
Yanvar oyida O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol federatsiyasi 1-vice prezidenti Umid Ahmadjonov hamda "Real Madrid" klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko uchrashuvi doirasida Real Madrid Foundation va O'FA o'rtasida hamkorlik masalasi bo'yicha kelishuvga erishilgan edi.

Ushbu kelishuvga ko'ra Real Madrid akademiyasing “Clinics” dasturi doirasida O'zbekistonda va Ispaniyada bolalar va murabbiylar kursini o'tkazish yo'lga qo'yiladi.

Shu maqsadda ertaga 22 may kuni yurtimizga “Qirollik klubi” akademiyasining menejerlari Andres Antonio hamda Xuan Pablolar tashrif buyurishi haqida avval xabar berib o'tgandik.

Tashrif doirasida "Real Madrid" akademiyasi menejerlarining O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati bilan uchrashadi.

Shuningdek, 23 may kuni soat 11:00 da O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining anjumanlar zalida Andres Antonio va Xuan Pablolar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Barcha turdagi OAV vakillarini ushbu matbuot anjumaniga taklif etamiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com