Yoshlar o'rtasidagi ECHL. "Real" finalda o'ynaydi
23 avg 2020 00:06
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/588273_original.jpg)
![](/upload/storage/588273_220.jpg)
Yoshlar o'rtasidagi ECHL. "Real" finalda o'ynaydi
Biroz avval Non shahridagi “Kolovrey” o'yingohida yoshlar o'rtasidagi (U-19) CHempionlar Ligasi yarim finalidan o'rin olgan ilk bellashuvda "Benfika" "Ayaks"dan ustun kelib, final yo'llanmasini qo'lga kiritgani to'g'risida xabar qilgandik.
Portugallarga finalda Madridning "Real" klubi yoshlari raqiblik qiladi. Biroz avval yakuniga etgan yarim final bahsida "qaymoqranglilar" "Zalcburg"ni musobaqadan chiqarib yuborishdi.
"Zalcburg" (Avstriya) — "Real" (Ispaniya) — 1:2.
Gollar: Latasa, 4 (0:1). Guterres, 32 (0:2). Suchich, 50 — penalti (1:2).
Final uchrashuvi 25 avgustga belgilangan. Eslatib o'tamiz, musobaqaning amaldagi g'olibi “Portu” hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar