Yaponiya - O'zbekiston uchrashuvi bekor qilindi
07 jan 2022 16:45
Yangiliklar
Yaponiya - O'zbekiston uchrashuvi bekor qilindi
Malumki, dunyoning ko'plab mamlakatlarida koronavirusning “omikron” shtammiga qarshi kurashish bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilyapti.
Xususan, ayni kunlarda Yaponiyada ham karantin choralari kuchaytirilmoqda. SHu sababli hukumat tavsiyasiga ko'ra, Yaponiya futbol federaciyasi 21 yanvar kuni O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan o'rtoqlik uchrashuvini bekor qilishga majbur bo'ldi.
Ayni vaqtda O'FA mutaxassislari va O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi ushbu sanada boshqa raqib bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida ish olib bormoqda.
Fikrlar