Xurshid G'iyosov SHomurodovni ortda qoldirdi va Jeparovga etib oldi
31 avg 2020 16:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/589736_original.jpg)
![](/upload/storage/589736_220.jpg)
Xurshid G'iyosov SHomurodovni ortda qoldirdi va Jeparovga etib oldi
"Bunyodkor" klubi Superliganing 13-turida "Qizilqum" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.
Ushbu o'yinda "qaldirg'ochlar" safida yagona golni Xurshid G'iyosov penaltidan urdi. SHunday qilib G'iyosovning O'zbekiston chempionatida "Bunyodkor" safida urgan gollari soni 19taga etdi. Bu borada futbolchi Eldor SHomurodovni (18ta gol) ortda qoldirdi va 9-o'rindagi chililik hujumchi Xose Luis Vilyanuevaga etib oldi (19ta gol). Malumot uchun, "Bunyodkor" safida O'zbekiston chempionatida eng ko'p golni Anvar Soliev urgan - 46ta.
Bundan tashqari G'iyosov "Bunyodkor" safida 8-marta penaltidan gol urdi. Bu borada yarim himoyachi klubning sobiq azosi Server Jeparovga etib oldi. G'iyosov yana bir bor penaltini aniq amalga oshirsa O'zbekiston chempionatida "Bunyodkor" tarkibida penaltidan eng ko'p gol urgan futbolchiga aylanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar