So’nggi yangiliklar

22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  0 21:48Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  5 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  5 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  6

Zeytullaev: "Medallar uchun imkoniyat? "Nasaf", "Neftchi", "Paxtakor", "So'g'diyona" va "Dinamo" bilan qanday kurashish mumkin?" Yangiliklar

Zeytullaev: "Medallar uchun imkoniyat? "Nasaf", "Neftchi", "Paxtakor", "So'g'diyona" va "Dinamo" bilan qanday kurashish mumkin?"

Superliga 24-tur doirasidagi "Bunyodkor" - "Nasaf" (2:2) o'yinidan so'ng "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

— O'zbekistonning eng yaxshi jamoasiga qarshi o'yin qiziq kechdi. Bunday deyishimga sabab, ushbu klub so'nggi yillarda mamlakatimizda etakchilik qilmoqda. Jamoam bilan faxrlanaman. "Bunyodkor" ilk bo'limni juda yaxshi o'tkazdi, ikkinchi bo'limda esa chempionlik uchun kurashayotgan "Nasaf" o'z so'zini aytdi. Oldinda bizni qanday jamoaga qarshi o'yin kutib turganini bilardik, ammo yigitlar yaxshi o'ynashdi, ularga rahmat. Bugun stadionga tashrif buyurgan muxlis ikkala jamoaning ham o'yinidan lazzat oldi deb o'ylayman.


— Siz "Nasaf"ni eng zo'r jamoa deyishingizga qaramay, ular bilan uchta o'yin deyarli bir xil hisob bilan yakuniga etmoqda. Zeytullaevning "Bunyodkor"iga "Nasaf" qulay raqib deyish mumkinmi? Sababi jamoa ularga mag'lub bo'lmayapti.

— "Nasaf" kim uchun qulay raqib bo'lishi mumkin? Bunday o'yinchilar bilan u qanchalik qulay raqib? O'yinchilar saviyasi, juda tajribali murabbiy. Ular ham o'zlari futbol o'ynashadi, balki raqibga ham futbol o'ynagani berishadi. Menimcha, bugun ikkala jamoa ham yaxshi futbol namoyish etishdi. Ha, ular noqulay raqib.



— So'nggi o'yinlarga qarasak, "Bunyodkor" ko'proq to'p o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz?

— Biz OKMK bilan faqatgina psixologik blekaut sabab ko'p gol o'tkazib yubordik. Biz himoya bo'yicha O'zbekiston chempionatining 5 yoki 6-jamoasimiz. 

— OKMKdan so'ng "Qo'qon-1912"dan ham ikkita to'p o'tkazib yuborildi.

— Menimcha, charchoq boshlanayotgandek. Oxirgi 6-7 o'yinda jamoalar final chizig'iga chiqishadi. O'yinchilar charchashni boshlashadi. Bunga qadar Bobur Yo'ldoshevni uzoq muddatga yo'qotdik. U bizga katta yordam bergan bo'lardi. Odil Hamrobekovning ham ketganini olaylik. Bugun uning o'rnini Amir, bunga qadar Rasul egalladi. Bu biroz tasir o'tkazmoqda. Umuman olganda, yigitlar tezda Odil va Kachorrini esdan chiqarib yuborishdi. Bu ham bir sabab deb o'ylayman.

— "Bunyodkor"ning medallar uchun imkoniyatini qanday baholaysiz?

— Qanday medallar? Bizning mavsum uchun vazifamiz oldingi mavsumdagi natijani yaxshilash edi. Biz 10-o'rinni egalladik va O'zbekiston chempionatidan tushib ketishimizga bir bahya qolgandi. "Nasaf", "Neftchi", "Paxtakor", o'sha "So'g'diyona" va "Dinamo" bilan qanday kurashish mumkin? Biz sekinlik bilan o'z yo'limizdan boryapmiz. 10-o'rinni egallagandik, medallar uchun qanday kurashish mumkin?

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика