Xurshid G'iyosov: “OCHLdagi debyut uchrashuvimda alamli tarzda mag'lub bo'lamiz, deb o'ylamagandim”
01 mar 2017 13:10
Yangiliklar
Xurshid G'iyosov: “OCHLdagi debyut uchrashuvimda alamli tarzda mag'lub bo'lamiz, deb o'ylamagandim”
Ushbu bahsdan so'ng “Bunyodkor” klubi futbolchisi Xurshid G'iyosov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Avvalambor jamoadoshlarimga mana shu o'yin uchun rahmat aytaman. Ular borlarini berib harakat qilishdi. Akrom Komilovga qizil kartochka ko'rsatilganidan so'ng jamoa biroz himoyaga etiborni qaratdi.
OCHL musobaqasida debyut uchrashuvimni o'tkazganimdan xursandman. Albatta mag'lubiyat alamli bo'ldi. Bunday yirik musobaqadagi debyut uchrashuvimda mana shunday tarzda mag'lubiyatga uchraymiz deb o'ylamagandim. Yana bir necha kundan so'ng ichki chempionatimiz boshlanadi. Bor etiborimizni ichki chempionatga qaratib OCHLning keyingi bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.
“Al Ayn” Osiyoning eng kuchli jamoasi. Futbolchilari ham o'ziga yarasha, Umar Abdulrahmon esa juda ham mahoratli futbolchi”, - deydi “Bunyodkor” futbolchisi Xurshid G'iyosov.
Jahongir Sotvoldiev yozib oldi.
Fikrlar