Xoland “Man Siti”da, ECHLda rekordlar qo'ydi va Messi hamda Luis Adrianoning natijalarini takrorladi
15 mar 2023 08:45
Yangiliklar
Xoland “Man Siti”da, ECHLda rekordlar qo'ydi va Messi hamda Luis Adrianoning natijalarini takrorladi
1. Norvegiyalik musobaqada penta-trikka erishgan uchinchi futbolchiga aylandi. Avvalroq, bunga Lionel Messi (“Barselona” – “Bayer” 7:1) hamda Luis Adriano (“SHaxtyor” – BATE 7:0) erishgandi.
2. Bundan tashqari, Xoland ilk yilidayoq “shaharliklar” tarkibida mavsum davomida eng ko'p gol urgan futbolchiga aylandi. U 36 bahsda 39 ta to'p kiritdi va 94 yil oldin Tommi Jonson tomonida qayd etilgan klub rekordini yangiladi.
3-4. SHuningdek, u ECHLda 30 ta golni eng tez urgan futbolchi bo'ldi hamda bunday natijaga erishgan eng yosh o'yinchi sifatida yana bir rekordni yangiladi – 22 yosh-u, 236 kunlik.
5. Xoland ECHLda eng tezkor penta-trikka mualliflik qildi. Buning uchun unga 57 daqiqada kifoya qildi. Adriano 82, Messi 84 daqiqada ichida beshta gol urgandi.
Eslatib o'tamiz, “Man Siti” forvardi joriy mavsum ECHLda 10 ta gol urib, to'purarga aylanib oldi.
Fikrlar