Vadim Abramov: "AGMKda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchlilik qildi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "AGMKda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchlilik qildi"

Coca Cola Superligasi 3-turida AGMK maydonida uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Bunyodkor" bosh murabbiyi Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"2:0 hisobida yutqazdik. AGMKda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchlilik qildi. Ular yuqori kayfiyatda o'yinga tushishgani ilk daqiqalardan ko'rindi. Biz esa g'alati gollar o'tkazib yubordik va undan tashqari futbolchilarda xohish, istakni ko'rmadim. 2:0 hisobidan keyin agressivlikni oshirdik. Ammo bunga qadar sokin va juda past templi o'yin ko'rsatdik", - dedi Abramov.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика