So’nggi yangiliklar

21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  15 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  5 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  5 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  1 18:04Қўқонда йирик ғалабага эришган мураббий, дубль қайд этган ҳужумчи, дербида дуранг ўйнаган посбон — Суперлигада 12-турнинг энг яхшилари  2 17:32Кафу: "Гаттузо – мукаммал танлов"  3 17:04Мбаппе Испания ғазнасига 14,5 млн евро туширади  2 16:38"Арсенал" иқтидорли футболчиси билан шартномани узайтиришга жиддий киришган  1 16:11Transfermarkt: Мозговой Неъматовга етиб олди, Сергеевнинг нархи 1 миллион бўлди   7 16:03"Насаф" Қаршида "Навбаҳор" устидан минимал ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  4 15:40Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Тошкент вилоятида йиғинга киришди  4

Ulug'bek Baqoev: "Navbahor" hali ko'p jamoalarning "qonini ichadi" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Navbahor" hali ko'p jamoalarning "qonini ichadi"

Superliganing 14-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Navbahor" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.

"Navbahor" jamoasining o'yin uslubi 180 gradusga o'zgardi, anchagina ishonchli harakat qilishdi. Kurashlarga boy o'yin bo'lishini kutgandik. Yigitlarimni g'alaba bilan tabriklayman, "Navbahor"ga esa keyingi bahslarda omad tilayman", - deydi Baqoev.

- "So'g'diyona" hisobni ochgach asosan himoyalandi, bunga raqib sababmi yoki shunday ko'rsatma bo'ldimi?
- Yo'q, bunday ko'rsatma bo'lmadi, bu psixologiya bilan bog'liq. Oldinga o'tish va pressing qilish kerakligini aytdim. "Navbahor" gol o'tkazgach 2-3ta vaziyat yaratdi, ammo to'p kirita olmadi.

- "Navbahor" bugun ancha kuchli o'yin ko'rsatdi...
- Tarkibga bir qator yangi futbolchilar va murabbiylar kelishdi. Ularning maqsadlarini bilamiz va jamoa ancha tezkor harakat qildi. O'ylashimcha "Navbahor" keyingi o'yinlarda ko'plab jamoalarning "qonini ichadi".

- Hakamlikdan qoniqdingizmi?
- To'g'risi hakamlarni muhokama qilga haqqim yo'q.

- Nima deb o'ylaysiz hakam bahsli vaziyatlarda VAR'dan ko'proq foydalanish kerakmidi?
- Birinchi taymda u VAR'ga ko'p murojaat qildi. Birinchi taymda 6-7 daqiqa ko'p o'ynadik.

- Bugun "So'g'diyona" ko'proq hujumkor o'yinchilarni maydonga tushirdi. Bu aynan "Navbahor" uchun tanlangan taktikamidi?
- Agar oldingi 4ta o'yinga qaraydigan bo'lsak umuman gol ura olmadik va g'alaba qozona olmadik. SHu bois bugun gol urishga va nihoyat g'alaba qozonishga urindik.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика