"Roma" O'Rayli bilan shartnoma imzolashi mumkin
15 iyu 14:57
Yangiliklar


"Roma" O'Rayli bilan shartnoma imzolashi mumkin
Inglizlar 23 yoshli daniyalik futbolchi uchun 25 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda. "Roma" bu miqdorni pasaytirmoqchi. Futbolchining o'zi allaqachon transferga rozi bo'lgan, klublar kelishib olishi qoldi.
"Atalanta"ning sobiq ustozi Jan Pero Gasperini O'Rayli transferini 2023/24 yilgi mavsumda amalga oshirmoqchi edi, ammo o'sha paytda kelishuv barbod bo'lgan.
O'Rayli 2024/25 yilgi mavsumda "Brayton" safida barcha turnirlarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U mavsumni "Seltik"da boshlagan va 3 ta o'yinda golli uzatmani amalga oshirgan.
Daniyalikning "Brayton" bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 22 million evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar