So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Сурхон" - "Нефтчи" 0:0 (Матнли трансляция)  4 20:00Суперлига. "Насаф" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  14 19:47Суперлига. "Хоразм" - "Динамо" (матнли трансляция)  7 19:45Италия терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 18:50Дарвозалар ишғол қилинмаган ОКМК - "Шўртан" учрашувидан галерея  0 18:25"Арсенал" Гёкереш борасида "Спортинг" билан музокараларни тўхтатиб қўйди, нега?  1 17:57Украиналик футболчи ПСЖ билан келишувга эришди  2 17:28Тер Штеген янги клубига ўтишга яқин  6 16:55Бернарду Силва Туркияга йўл олиши мумкин?!  0 16:26Романо: "Атлетико" "Ливерпуль" юлдузини текинга қўлга киритмоқчи  2 15:51Мартинес "Манчестер Юнайтед" билан музокараларни бошлади  2 15:22Перишич "Барселона"га ўтиш учун маошини камайтиришга ҳам тайёр  0 14:57"Рома" О'Райли билан шартнома имзолаши мумкин  5 14:28"Тоттенхем" 35 млн евролик трансферни амалга оширди  0 13:54"Наполи" "Ливерпуль"нинг икки ҳужумчисини харид қилишга яқин  3

Ilyos Zeytullaev: "Bugun "Paxtakor"dek jamoaga qarshi o'ynadik, Kachori bir metrdan gol urganda, hisob 2:0 bo'lardi" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Bugun "Paxtakor"dek jamoaga qarshi o'ynadik, Kachori bir metrdan gol urganda, hisob 2:0 bo'lardi"

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev Superliga 12-tur doirasidagi "Paxtakor" (1:1)ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Barchaga xayrli kech. Barcha jurnalistlarni milliy terma jamoamizning jahon chempionatiga yo'l olgani bilan tabriklayman. Bunda sizning ham hissangiz bor, chunki bu jarayonda ularni qo'llab-quvvatlagansiz albatta. Barcha o'zbekistonlik muxlislarni ham tabriklayman. O'yin haqida shuni aytishim mumkinki, yigitlar yana bir bor O'zbekiston chempionati grandlari bilan tengma-teng o'ynay olishlarini isbotladilar.

Biz buni bu yil OKMK, "Nasaf", "Neftchi"ga qarshi ko'rsata oldik, juda texik va tartibli "Paxtakor" jamoasiga qarshi ham shunday o'ynadik. Shuning uchun yigitlarga fidokorliklari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Qiyin lahzalar va qiyin davrlar, lekin ular yana bir bor jamoa tirikligini, jamoa ishonishini, jamoa o'ynashini, qo'lidan kelganda bunga harakat qilishini, asosiysi jamoa tirikligini ko'rsatishdi.

- Mavsum boshi va oxirgi o'yinlardagi o'yin surati mavsum boshidek yaxshi bo'lmayapti. Bunga nima sabab bo'lmoqda? Buning boshqa bir sabablari bormi? 

- Menimcha, eng muhimi, jarohatlarning ko'pligi, asosiy o'yinchilar bilan bog'liq. Ulardan biri yaponiyalik legionerimiz, u juda kerakli o'yinchi. Lekin men bugun uning o'rniga akademiyamiz bitiruvchisiga aylangan Narimonning nomini tilga olishni istardim. Ular uchun yuragim quvonadi, chunki og'ir paytda ularda o'ynash imkoniyati bor va ular juda yaxshi darajani ko'rsatmoqda, shuning uchun akademiyamizda kuchli o'yinchilar ham etishib chiqayotganini ko'rsatadi.

Menimcha, jamoa yaxshi futbol ko'rsatish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilmoqda. Ammo bizga bog'liq bo'lmagan omillar bor va shuning uchun biz o'zimizga bog'liq bo'lgan narsani iloji boricha qilishga harakat qilamiz. Bizga bog'liq bo'lmagan narsalarni esa, afsuski, nazorat qila olmaymiz.



- Islom Inomov klubdan ketgani qanchalik sizga tasir qilmoqda? Internetda ham Ilyos Zeytullaev tez orada klubni tark etishi mumkin degan xabarlar tarqaldi.

- Islom mening do'stim, ammo professional bo'lganimiz uchun bunday vaziyatlar ishimizga tasir qilmasligi kerak. Sport direktori sifatida nazarimda, juda yaxshi ishladi. Bunday lahzalar jamoaga, o'yin suratiga tasir qiladi. Ammo boshqa tomondan, men yana bir bor takidlaymanki, bu jamoa yana bir bor o'zining tirikligini, unga bunday narsalar tasir qilmasligini ko'rsatdi.

Yangiliklarga kelsak, hozircha bilmayman, o'yindan oldin etiborimni o'yinga, yigitlarimga, nazorat qilish mumkin bo'lgan narsalarga qaratishga harakat qilaman.


- Ha, aslida biz chempionatni yaxshi boshladik, juda yaxshi muhit bo'lgandi, hamma bir maqsad sari otlangandi, o'yindan-o'yinga rang-barang, chiroyli futbol ko'rsatib, muxlislarni stadionga qaytarishga urinayotgandik. Birinchi o'yinlar yodimda, tan olaman, menda shunday ishtiyoq kuchli edi, yigitlar bilan suratga tushgandik, qandaydir muhit his qilinard. To'g'risini aytsam, u qaerga yo'qolganini bilmayman, lekin sizga bir narsani aytaman, jamoa ahil va tirik. Atrofda bo'layotgan voqealar, mana bu shamol, mana bu ko'tarilayotgan to'lqinlar, bu faoliyatimda doim bo'ladigan narsa. Men shunchaki bunga ko'nikishim va jamoam bilan so'nggi kungacha bo'lishim kerak. "Bunyodkor"da ishlayotgan paytimgacha ishlashga etibor qaratishim kerak, chunki men uchun bunday klubda bosh murabbiy bo'lish sharafli. Shuning uchun ertaga klub menga ishim uchun rahmat aytsa, men buni normal qabul qilaman, lekin, albatta, bazida qiyin bo'lib turadi.


- "Bunyodkor" yarim himoya va hujum chizig'i o'rtasida qandaydir bog'liqlik yo'qdek ko'rindi. Xojiakbar Alijonovning o'zi bir necha vaziyatda osonlikcha o'tib ketdi. Bu jismoniy holat bilan bog'liqmi? Kachorim mavsumning dastlabki qismida kashfiyotga aylangandi. Bugun esa boshlang'ich tarkibda yo'q edi, bu ham jarohat bilan bog'liqmi?

- Birinchi savolingizga javobim shundayki, Alijonov juda kuchli futbolchi. Shuning uchun u klubda ko'rsatayotgan o'yinini keyinchalik xalqaro miqyosda ko'rsatadi. Shuning uchun bunday o'yinchilar o'yinni o'zgartirishadi, hatto ularni qaerdadir to'xtatishga harakat qilganingizda ham, ular dribling orqali, individual harakatlar orqali sizning himoyangizni buzishadi, uni ochishadi. Shuning uchun qiyin bo'ldi.

- Lekin yigitlar uddalashdi, chunki bugun qarshimizda oddiy jamoa emas, balki medallar uchun kurashishga yaratilgan "Paxtakor" edi, shuning uchun buni unutmaylik, bugun durang o'ynadik. Yigitlar yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Kachoriga kelsak, men uning qalbiga kirib, uni tinchlantirmoqchi edim, chunki u yaxshi boshladi, lekin qaerdadir u uzoq vaqt davomida gol ura olmagan har qanday hujumchi gol ura olmasligidan biroz xavotirda bo'ladi. Shuning uchun bugun unda bir metrdan qulay vaziyat bo'ldi. Agar u xotirjam bo'lganida, u bu golni urgan bo'lardi va biz 2:0 hisobida oldinga chiqib olgan bo'lardik. Va menimcha hozir shu erda uch ochko egasi sifatida o'tirgan bo'lardik. Aynan o'sha vaziyatdan keyin gol o'tkazib yubordik. Bu futbol qonuni. Sizlarga rahmat!



Reyting:    

Fikrlar

   
15 iyu 19:28:37
Бахтиёр Ашуров
BXZ BXZ foydalanuvchining fikriga javob berish
Бу тренер Бунёдкорга мос эмас ва бу бирон нарсага эришишига ишонмайман .
Балки ҳақдирсиз. Лекин бунёдкорни сўнги йиллардагр натижалари билан солиштирсак. Жамоа ўзини қадрини анча тиклаб олди!
   
15 iyu 19:01:43
BXZ BXZ
Бахтиёр Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Илёс жамоада қолгани мақбул. Мана бир йилдан буён қанақа мураббийлигини исботлаб келиябди!
Бу тренер Бунёдкорга мос эмас ва бу бирон нарсага эришишига ишонмайман .
   
15 iyu 10:11:46
FK Barselona
Tugri fikrku nimaga minus bosishadi.Man ham shunaqa eshitganman
   
15 iyu 10:10:18
FK Barselona
Karoche ( kachore) 1 metrdan gol urganda 2:0 bulardi
   
15 iyu 06:52:16
Vvvgcf Gcfghg
Футболчиликда узини курсатолмаган бу фойда бермаган Узбекистонга ёшини ёшартириб пул бн отаси олиб юрган
-2   
15 iyu 10:04:05
Бахтиёр Ашуров
Илёс жамоада қолгани мақбул. Мана бир йилдан буён қанақа мураббийлигини исботлаб келиябди!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика