Simeone: "Enrike tarkibni kuchaytirishi kerak bo'lganida, PSJ vinger uchun 70 mln evro sarfladi"
16 iyu 11:39
Yangiliklar


Simeone: "Enrike tarkibni kuchaytirishi kerak bo'lganida, PSJ vinger uchun 70 mln evro sarfladi"
Parijliklar guruh bosqichining ilk uchrashuvida Fabian Ruis, Vitinya, Senni Meyulyu va Li Kan Inning gollari evaziga g'alaba qozondi.
"PSJ – katta klub. Luis Enrike hujumning chap qanotini kuchaytirishga muhtoj bo'lganida, ular yanvar oyida vinger [Xvicha Kvaracxeliya] uchun 70 mln evro sarfladilar! Ikkinchi bo'limda yaxshi ko'rindik, biroq VAR golimizni bekor qildi, keyin esa biz bir kishi kam bo'lib qoldik – PSJ o'z imkoniyatlaridan unumli foydalandi. Men bir xil narsalar haqida gapiraverib charchadim, o'zimni jabrdiyda ko'rsatishni xohlamayman. Biz o'zimizdan kuchliroq bo'lgan raqibga qarshi o'ynadik. Ammo etiborga olish kerak bo'lgan nyuanslar bor", – dedi madridliklar bosh murabbiyi.
Juma kuni "Atletiko" ikkinchi tur o'yinida "Sietl Saunders" bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Пеп аламзада__?
Бу йил нимадир ютай деб янчиб ташаса кере рупарасидан чикканини__?