So’nggi yangiliklar

08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  5 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1

Klublar o'rtasidagi JCHga qiziqish juda past Yangiliklar

Klublar o'rtasidagi JCHga qiziqish juda past

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati startiga oz vaqt qolmoqda, turnir hali boshlanmasidanoq mashmashalar markaziga aylandi.

Birinchidan, FIFA hali ham turnirning telehuquqlari bilan kelishuvga erishishi oson bo'lmadi. Tashkilot telekompaniyalardan tushayotgan taklifdan ko'ra ko'proq mablag' istamoqda, shu sababli FIFA boshqa telekompaniyalar bilan kelisha olmayotgandi. Turnir esa o'tkazilmasligi ham mumkin bo'lib turganida DAZN kompaniyasi bilan kelishuv amalga oshdi.

Ikkinchidan, turnirda ishtirok etuvchi jamoalar bilan muammolar yuzaga keldi. Turnirning bir ishtirokchisi "Pachuka" bilan egalari bir bo'lgani uchun Meksikaning "Leon" jamoasi turnirda qatnasha olmaydigan bo'ldi. Shu sababli uning o'rniga ishtirok etadigan jamoa JCHda o'ynashini juda kech bildi. Turnirda ishtirok eta olmaydigan klublar esa ishtirokchilar sonini 32tadan 48taga oshirishni talab qilishdi.

Uchinchidan, turnir startiga oz vaqt qolayotgan bo'lsa-da, chiptalar deyarli sotilmayapti. Odamlarda turnirga bo'lgan qiziqish juda past. JCHga bo'lgan juda katta afishalar o'zini oqlamadi, garchi chiptalar narxi sezilarli ravishda pasaytirilgan bo'lsa-da. Endi Infantino va Ko yangicha yo'lni o'ylab topdi: klublar o'rtasidagi JCHda faqatgina televizor orqali ko'rinadigan sektorlargagina chipta sotiladi. Bu esa boshqa odamlarda turnirga bo'lgan qiziqish yuqori bo'lganligini anglatadi, deb o'ylashmoqda.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика