Mbappe Ispaniya g'aznasiga 14,5 mln evro tushiradi
16 iyu 2025 17:04
Yangiliklar
Mbappe Ispaniya g'aznasiga 14,5 mln evro tushiradi
Franciyalik hujumchi Kilian Mbappe Ispaniyadagi ilk mavsumini yakunladi.
U sport borasida ham, moliyaviy jihatdan ham yaxshi natijalarga erishdi. Malum bo'lishicha, u Ispaniya g'aznasiga taxminan 14,5 mln evro soliq to'lashi kerak bo'ladi, bu uning "Real"dagi yillik maoshining 45 foizini tashkil qiladi. "TaxDown" malumotlariga ko'ra, Kilian klubdan har yili 32 million evro oladi.
Biroq u Ispaniyaning fiskal siyosati bilan bog'liq muhim soliq imtiyozlaridan foydalanishi mumkin. Mamlakat hukumati o'z iqtisodiyotiga sarmoya kiritilishini maqullaydi va agar biror kishi buni qilsa, va Ispaniyada 5 yildan ortiq yashasa, katta soliq imtiyozlariga ega bo'ladi.
Demak, Mbappe Ispaniyada qolib, bir necha yil davomida uning iqtisodiyotiga sarmoya kiritsa, soliqlarining katta qismini qaytarib oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar