UEFA CHempionlar Ligasi ishtirokchilariga qancha to'laydi?
08 okt 2020 01:13
Yangiliklar


UEFA CHempionlar Ligasi ishtirokchilariga qancha to'laydi?
UEFA ECHLning 2020/21 yilgi mavsumi uchun daromadlar taqsimotini elon qildi.
Umumiy miqdorda 1,95 mlrd evro mablag' ishtirok etuvchi jamoalarga beriladi. Guruh bosqichida ishtirok etadigan har bir jamoa 15,25 mln evro oladi (14,5 mln dastlabki to'lov).
Guruh bosqichidagi g'alaba uchun 2,7 mln evro, durang uchun – 0,9 mln. Foydalanilmagan mablag' (har bir durangdan 0,9 mln ortib qoladi) guruh ishtirokchilari o'rtasida g'alabalar soniga mutanosib ravishda qayta taqsimlanadi.
Pley-off ishtirokchilari quyidagi to'lovlarni olishadi:
1/8 finalga yo'llanma – 9,5 mln; 1/4 finalga yo'llanma – 10,5 mln; 1/2 finalga yo'llanma – 12 mln; final yo'llanmasi – 15 mln. Musobaqa g'olibi yana 4 mln evro oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar