So’nggi yangiliklar

13:22Гарсия "Реал"дан кетадими?  1 12:04"Манчестер Юнайтед" Онана бўйича қарор қабул қилди  1 11:24АПЛ клублари "Бавария" кўзлаган ўйинчини илиб кетмоқчи  0 10:49"Барселона"нинг икки нафар футболчиси турк клубига ўтиши мумкин  6 10:22Ҳиндистон Аргентина билан ўртоқлик учрашуви учун катта миқдорда пул тўлайди ва бир нечта шартлар қўяди  12 09:55"Ливерпуль" Салоҳнинг ўринбосарига 200 миллион евро тўлашга тайёр  3 09:27Флорентино Перес муддатидан аввал президентликдан кетмоқчи  14 09:00Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди  26 08:32Суперлига. Бугун "Динамо" учинчи ўринга кўтарилиб олиши мумкин  9 08:05Миср терма жамоаси устози кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  22 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун нимчорак финал йўлланмаси учун майдонга тушамиз  10 02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  12 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  4 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  6

UEFA "Barselona" va "Milan"ga AQSH va Avstraliyada o'yin o'tkazishga ruxsat berdi, lekin tashkilot milliy ligalar o'yinlarini chet elda o'tkazishni qo'llab-quvvatlamaydi Yangiliklar

UEFA "Barselona" va "Milan"ga AQSH va Avstraliyada o'yin o'tkazishga ruxsat berdi, lekin tashkilot milliy ligalar o'yinlarini chet elda o'tkazishni qo'llab-quvvatlamaydi

Teglar :  UEFA
UEFA "Barselona" va "Milan"ga La Liga hamda Seriya A o'yinlarini chet elda o'tkazishga ruxsat berdi.

Bundan avval La Liga "Vilyarreal" – "Barselona" uchrashuvini AQSHda, Mayami shahrida o'tkazish uchun UEFAdan ruxsat so'ragan, Seriya A esa "Milan" – "Komo" bahsini Avstraliyaning Pert shahrida o'tkazish imkoniyatini so'ragan edi.


Evropa futbol associaciyalari uyushmasi (UEFA) Ispaniya va Italiya chempionatlarining mazkur o'yinlarini istisno tariqasida chet elda o'tkazishga ruxsat berdi, ammo milliy ligalar o'yinlari mamlakat ichida bo'lishi kerakligini takidladi.

"UEFA bugun yana bir bor milliy ligalar o'yinlarini o'z mamlakatlaridan tashqarida o'tkazish g'oyasiga keskin qarshi ekanini bildirdi.

O'tgan oy Tiranada bo'lib o'tgan Ijroiya qo'mitasi yig'ilishi ortidan UEFA Ispaniya va Italiya milliy associaciyalaridan kelib tushgan so'rovlarni hisobga olgan holda bu ishning oqibatlarini baholash uchun qo'shimcha maslahatlashuvlar o'tkazdi.

Ushbu maslahatlar muxlislar, boshqa ligalar, klublar, futbolchilar va evropalik institutlar tomonidan milliy ligalar o'yinlarini chet elga ko'chirish g'oyasiga nisbatan qo'llab-quvvatlash yo'qligini yana bir bor tasdiqladi.

Shu bilan birga, FIFAning bu boradagi meyoriy bazasi hozircha qayta ko'rib chiqilayotgan bo'lsa-da, aniq va batafsil emasligi tufayli, UEFA Ijroiya qo'mitasi bu ikki so'rovni istisno tariqasida maqulladi.

UEFA kelgusidagi FIFA ishlarida faol ishtirok etadi va ichki musobaqalar yaxlitligini, shuningdek, klublar, ularning muxlislari va mahalliy jamoalar o'rtasidagi yaqin aloqalarni saqlab qolishni taminlaydi", – deyiladi UEFA bayonotida.

Reyting:    

Fikrlar

   
07 okt 09:53:48
ZJI ACM
Ğalatimasmi chetda õtkazishni keskin tanqid qilarkanu ikkita õyinga mayli ruxsat desa
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика