So’nggi yangiliklar

19:05Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон – Тожикистон (онлайн ҳисоб)  0 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  1 18:32Сергей Лушчан "Навбаҳор" билан шартнома имзолади   9 18:19"Монако" клуб 100 йиллигига аталган сафар либосини тақдим этди  1 17:53"Мбаппе эффекти": Ҳоланд "Реал"га эмас, "Барселона"га ўтмоқчи  9 17:28"Милан" "Монако" ярим ҳимоячиси бўйича таклиф билан чиқди  0 17:00ПСЖ Угарте учун 70 млн евро хоҳламоқда  0 16:36Расман: Мората – "Милан" футболчиси!  2 16:20"Бухоро"нинг 3 нафар футболчиси жамоадан кетди  1 15:53Сержи Роберто фаолиятини АПЛда давом эттирмоқчи  1 15:29Нико Уильямс "Барселона"да қанча маош олиши маълум  5 15:03"Челси" Бразилия терма жамоаси хавбекига қизиқмоқда  1 14:39Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг Олимпиада учун расмий қайдномаси маълум ёхуд кимлар захирада қолди?  20 14:19"Барселона" собиқ ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтади  1 13:53"Барселона" Ольмони қайтариш учун асосий таркиб футболчиси билан хайрлашишга тайёр  8

U-20 Osiyo kubogi. Otabek Boymurodov qahramonga aylangan bahsda O'zbekiston Janubiy Koreyani penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi. Otabek Boymurodov qahramonga aylangan bahsda O'zbekiston Janubiy Koreyani penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchratdi

U-20 Osiyo kubogining yarim finalidan o'rin olgan O'zbekiston - Koreya Respublikasi uchrashuvi yakunlandi.

U-20 Osiyo Kubogi

1/2 final

O'zbekiston — Koreya Respublikasi 0:0 (Penaltilar seriyasi — 3:1)

Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00

O'zbekiston U-20: 21.Otabek Boymurodov, 3.Abduqodir Husanov, 6.Jahongir O'rozov, 7.Po'latxo'ja Xoldorxonov (23.Asadbek Jo'raboev, 21 (22.SHerzod Esanov, 67) ), 8.Behruzbek Asqarov (11.SHahriyor Jabborov, 84), 10.Umarali Rahmonaliev (s), 13.Zafarmurod Abdiraxmatov, 14.Abbosbek Fayzullaev, 15.Diyorbek Ortiqboev, 17.Nodirbek Abdurazzoqov (19.SHahzod Akramov, 67), 20.Mahmudjon Mahamadjanov.

Zaxira: 1.Edem Nemanov, 4.Abubakr Ashurov, 12.Asrorbek Kenjaev, 5.Javohir O'tamurodov, 9.SHahzodjon Nematjonov, 18.Saidafzalxon Axrorov.

Koreya Respublikasi U-20: 1.Kim Jon Xung, 3.Xvang In Taek, 4.CHoy Seok Xyun, 5.Park Xyun Bin (22.Mun Seung Min, 91), 7.Kim Yong Xak (17.Li Jun Sang, 106), 9.Li Yong Jun (18.Sung Jing Yong, 60), 10.Bae Jun Xo (2.Park CHang Vu, 53), 12.CHo Yong Kvang (13.Li Jun Jae, 91), 14.Kang Sang Yong, 19.Kim Xi Sung (11.Kang Seung Jin, 46), 20.Kim Ji Su.

Zaxira: 21.Mun Xyun Xo, 6.Bae Seo Jun, 8.Li Seung Von, 15.Park Jun Yong, 16.Kim Geong Xvang, 23.Kim Jing Xun.

Ogohlantirishlar: Kang Sang Yong (28), Asadbek Jo'raboev (35)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Kim Ji Su. DARVOZABON! O'ZBEKISTON FINALDA!

Zafarmurod Abdiraxmatov. Gol! 3:1!

Park CHang Vu. Gol. 2:1.

Mahmudjon Mahamadjanov. Gol! 2:0!

Kang Sang Yong. Yana darvozabon! 1:0!

Abbosbek Fayzullaev. Gol! 1:0!

Kang Seung Jin. Darvozabon to'pni  qaytardi! 0:0!

Koreyaliklar birinchi bo'lib zarba beradi.

120. Qo'shimcha bo'limlar ham yakunlandi. Penaltilar seriyasi guvohiga aylanamiz.

117. Rahmonalievning chalg'ituvchi zarbasiga aniqlik etishmadi.

116. Abbosga nisbatan markazda qo'pollik ishlatildi. O'zingni ko'rsat, Abbos.

115. Yana Fayzullaev. Yana zarba. Yana darvozabon.

108. O'zbekistonliklarning navbatdagi zarbasi ham to'ppa-to'g'ri raqib posbonining quchog'idan o'rin oldi.

106. Koreyada o'zgarish: Kim Yong Xak o'rniga Li Jun Sang tushirildi.

105. Abdiraxmatovning zarbasini koreys posboni qaytardi. SHuncha zarbalarning birortasini o'tkazvorsang o'lib qolarmiding degisi keladi odamning.

99. Mittina Fayzullaev bo'ydorroq raqibidan to'pni olib qo'ydi va uni qoida buzishga majbur qildi.

97. Burchak zarbasidan so'ng shundoqqina darvoza qarshisida turgan Esanov esankirab qoldi.

93. SHerzod Esanovning zarbasidan so'ng Ergash Karimovning futbolga oid hangomalari yodimga tushib ketdi.

91. Uchinchi bo'lim boshlandi.

Koreya tarkibida yana o'zgarishlar: CHo Yong Kvang o'rniga Li Jun Jae, Park Xyun Bin o'rniga esa Mun Seung Min tushirildi. 

Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlandi. Yana qo'shimcha bo'limlar guvohiga aylanamiz.


90+3. O'zbekistonlik futbolchilar ikki bor raqib posboni bilan birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

87. SHahzod Akramov qulay imkoniyatni... urolmadi xullas.

84. Asqarovning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi. Uning o'rniga SHahriyor Jabborov o'yinga qo'shildi.

81. Behruzbek Asqarov institutda kamida etti yil tahsil oladigan xodimlar ko'magiga muhtoj.

33977 kishi uchrashuvga tashrif buyuribdi.

75. Bo'yginang uzun bo'lmay ketgur koreyalik himoyachi Fayzullaevga oshirilgan ajoyib uzatmani qaytarib yubordi.

71.Abdiraxmatovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

67. O'zbekiston terkibida ikki o'zgarish: Asadbek Jo'raboev va Nodirbek Abdurazzoqov o'rniga SHerzod Esanov hamda SHahzod Akramov uchrashuvni davom ettiradi.

65. Umarali, bu senga maktabingni stadioni emas, qizlarga yaxshi ko'rinish uchun pas bermasdan, duch kelganni aldayverish.

60. "Qizillar"da yana bir o'zgarish: Li Yong Jun o'rniga Sung Jing Yong bahsni davom ettiradi.

57. Son Xyon Minning bratishkalari burchak to'pi amalga oshirishdi, o'zbekistonlik himoyachilar amallab to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Ikkinchisida esa koreyalik futbolchiga zarba berishga imkoniyat yaratib berishdi, yaxshiyamki zarba darvozaga naiq bormadi.

53. Koreyada o'zgarish: Bae Jun Xo o'rniga Park CHang Vu maydonga tushirildi.

51. Abdurazzoqovning zarbasi shamolga o'xshadi. Tezligi emas, turli yo'nalishga buralib ketgani bilan.

49. Fayzullaev sakkizyuz yoki to'qqizyuzinchi zarba, adashmasam. Lekin malades, keldimi, tepish kerak. To'pni, albatta.

46. Koreyada o'zgarish: Kim Xi Sung o'rniga Kang Seung Jin tushirildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. O'zbekiston, olg'a, raqibga ur bolg'a.

Jamoalar maydonga qaytishmoqda. O'ylaymizki, ikkinchi bo'limni shodiyona kayfiyatda yakunlaymiz.

Hakam birinchi taymga yakun yasab berdi. Hisob – 0:0. Tanaffus! 

45+1. Zarba! Umarali Rahmonaliev uzoq masofadan noaniq zarba yo'lladi. 

45. To'rtinchi hakam 1 daqiqa qo'shilganini elon qildi. 

44. Uuuux! Fayzullaevdan xavfli zarba! Uning zarbasidan so'ng to'p raqib himoyachisiga tegib, maydonni tark etgandi. Hakam esa uyqusi ochilmagan, shekilli. "Burchak zarbasi yo'q edi", deb qo'ya qoldi.

41. Abbos Fayzullaev chap qanotdan markaz tomon yurib, noaniq zarbaga mualliflik qildi. Eng qizig'i, markazda uni qo'llab-quvvatlaydigan hech kim yo'q edi.  

40. Muxlislar O'zbekiston termasini 12-o'yinchi sifatida qo'llab-quvvatlashda davom etmoqda. Koreya esa o'yin tempini pasaytirishga harakat qilyapti. 

38. Fayzullaevning uzatmasidan keyin Abdurazzoqov darvozani nishonga olishga urindi, noaniq. 

37. Zarbaaa! Abbos Fayzullaevning zarbasi Kim Jon Xung tomonidan qaytarildi. 

35. Zaxiradan maydonga tushgan Asadbek Jo'raboev qo'pollik ishlatgani bois ogohlantirildi. 

33. Rahmonaliev maydon markazida kichik reydni amalga oshirib, yiqildi va yana darhol o'rnidan turib, o'yinni davom ettirib ketdi. 

32. Muxlislar mana shu hisobni so'rashmoqda. 

30. Abdurazzoqovning qanotdan oshirib bergan to'pi himoyachilar tomonidan qaytarildi. Aks holda, bizning foydamizga juda xavfli holat hosil bo'lardi. 

29. Zarbaaaa! Fayzullaevning zarbasi darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. 

28. Muxlislar yoqimtoyi Abbos Fayzullaevga nisbatan qoida buzildi, jarima to'pi.  Qoidani buzgan Kang Sang Yongga sariq kartochka berildi. 

27. Fayzullaev jarima maydonchasi ichida yiqildi, hakam qoida buzish yo'q deb hisobladi. 

25. Abduqodir Husanov himoyada ishonchli o'yin ko'rsatib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

23. Koreyalik futbolchining bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

21. O'zbekistonda majburiy o'zgarish: Xoldorxonov o'rniga Asadbek Jo'raboev tushirildi. 

19. Po'latxo'ja Xoldorxonovga tibbiyr yordam ko'rsatildi va u zaxira tomon yo'l oldi. Xoldorxonov jarohat tufayli o'yinni davom ettira olmaydigan bo'ldi. Afsuski, majburiy o'zgarish bo'ladi. 

17. Vakillarimiz xavfli hujum tashkil etishdi. Zafarmurod Abdiraxmatovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini raqib posboni qiyinchilik bilan bartaraf qildi. SHu bilan birga, ofsayd holati ham qayd etildi. 

13. Biznikilarning o'yini qovushmayapti. 

9. Koreyaliklar burchak zarbasi amalga oshirldi, himoyachilarimiz xavfni bartaraf etdi.

7. Ikkala jamoa azolari ham ehtiyotkorona harakat qilishmoqda.

3. CHap qanotdan Xoldorxonov oldinga borishga urinib ko'rdi, ammo uning harakati samarasiz yakunlandi.

1. Uchrashuv boshlandi.

- Ikki davlat madhiyasi yangrab o'tdi. 

- Muxlislar olqishi ostida futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. 

- Uchrashuv startiga oz vaqt qoldi. 

Foto: Jahongir Fayzullaev 




O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan turnir yarim finalida Janubiy Koreyani mag'lub etgan. Ku CHja CHeol, SHerzod Azamov... ushbu bahsda yana kimlar ishtirok etganini yodga olamiz

U-20 Osiyo Kubogi. O'zbekiston beshinchi marotaba yarim finalga chiqdi. Avvalgi natijalar qanday bo'lgan?

Ravshan Haydarov: "Kam gol uryapmiz, lekin biz yarim finaldamiz"

Bae Junxo: "O'yindan o'yinga kuchayib boryapmiz"

Koreya Respublikasi U-20 ustozi: "Muxlislar bilan to'lgan stadionda o'ynash ajoyib"

 PREVYU. O'zbekiston 2012 yildagi mag'lubiyat uchun koreyaliklardan revansh oladimi?

“Marokash ertagi”ni eslatib yubording O'zbekiston U-20


- Assalomu alaykum, biz kabi yarim finalni intiqlik bilan kutayotgan futbol ixlosmandlari! Bir necha soatdan so'ng yana bir qiziqarli va jangovar uchrashuv guvohiga aylanamiz.

Reyting: +73   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика