CSKA sobiq futbolchisi: "Fayzullaevni juda yaxshi vaqtda sotishdi"
23 iyu 08:41
Yangiliklar


CSKA sobiq futbolchisi: "Fayzullaevni juda yaxshi vaqtda sotishdi"
CSKA sobiq futbolchisi Aleksandr Grishin Abbosbek Fayzullaevning transferi haqida fikr bildirdi.
"U Nikolichgacha bo'lgan davrada yaxshi harakat qildi. O'tgan mavsum jamoaning taktikasida o'zgarish bo'ldi va u uchun omadsiz mavsum bo'ldi. Futbolchini vaqtida sotish kerak. CSKA Abbosni 500 mingga sotib olgandi va endi 7,5 millionga sotmoqda. Bu jamoa uchun ajoyib kelishuv", - dedi Grishin.
Eslatib o'tamiz, kecha Fayzullaev Turkiyaga etib borgandi. Bugun futbolchi "Istanbul Bashakshehir" uchun tibbiy ko'rikdan o'tishi lozim.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar