Majed Abdullah: "Biz uchun yaxshi tajriba bo'ldi"
23 iyu 11:37
Yangiliklar


Majed Abdullah: "Biz uchun yaxshi tajriba bo'ldi"
Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoasi futbolchisi Majed Abdullah O'zbekistonga qarshi uchrashuvdan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Uchrashuv biz uchun yaxshi tajriba bo'ldi, bahsni juda yomon boshlagan bo'lsak ham. Albatta, natija bizni ranjitdi. Raqib dastlabki o'n daqiqani juda yaxshi o'tkazdi.
Tarkibimizdagi asosiy futbolchilarning yo'qligi ham bilindi, ammo bu mag'lubiyatimizga sabab bo'la olmaydi. Hozirgi tarkib ham yaxshigina salohiyatga ega. Birinchi bo'limning dastlabki o'n daqiqasiga tayyor emas edik. Raqib esa yuqori temp namoyish etdi va gollar urib oldi" - deya fikr bildirdi Majed Abdullah.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar