"Barselona" "Real" yulduzini ko'zlamoqda - futbolchi bilan aloqa o'rnatildi
20 iyu 09:24
Yangiliklar


"Barselona" "Real" yulduzini ko'zlamoqda - futbolchi bilan aloqa o'rnatildi
"Barselona" Madridning "Real" jamoasi vingeri Rodrigo bilan qiziqmoqda.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan va o'z qiziqishini bildirgan. Hozircha rasmiy muzokaralar boshlanmagan, ammo "Barsa" jamoasi ularni yaqin kunlarda boshlashga tayyor.
Avvalroq Rodrigo "Real"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga Angliya Premer-Ligasining bir qator klublari ham qiziqish bildirmoqda.
O'tgan mavsum Rodrigo barcha turnirlarda 54 ta o'yinda ishtirok etib, 14 ta gol va 11 ta golli uzatma bilan ajraldi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha tuzilgan. Transfermarkt portali malumotiga ko'ra, uning bozor bahosi 90 million evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Лекин қадрингга етиўмаган жойда қолиш хам бўлмайди. Родригони салохияти Винисиусникидан юқори деб хисоблайман.
Маркус Решфордни олди Барселона. Родриго масаласи ёпилган деб ўйлайман.